TINGLOVCHILAR NamDPI LABORATRIYALARIDA
Joriy yilning 15-noyabr kuni Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazi kimyo kursi tinglovchilari uchun zamonaviy oliy ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilg‘or laboratoriya bazasi bilan tanishish maqsadida Namangan Davlat Pedagogika Institutiga sayohat tashkil etildi.
Ustozlarimiz institutning kimyo kafedrasi faoliyati, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan analitik, organik va umumiy kimyo laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, institutning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va innovatsion hamkorlik loyihalari ham tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
NDPIning tajribali professor-o‘qituvchilari M. Qodixonov, B. Komilov, M. Muminovlar laboratoriyalardagi zamonaviy jihozlar – pH-metr, spektrofotometr, xromatograf, titrlash qurilmalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Xavfsizlik qoidalari va talabalarning amaliy tajriba jarayonlari bo‘yicha ham chuqur tushunchalar berilib, savol-javoblar tashkil etildi.