TINLOVCHILAR O`RTASIDA RASMLAR TANLOVI BO`LIB O`TDI

Yangiliklar

Joriy yilning 18-noyabr kuni Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Umumta'lim maktab kutubxona rahbar va xodimlari kursi tinglovchilarining dars mashg`ulotida – "Ekologik xavfsizlikda korrupsiya" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchisi B. Nabiyev ishtirokchilarga mamlakatimizdagi ekologik muammolar, ularni bartaraf etish yo'llari, ekologik xavfsizlik va bu boradagi korrupsion holatlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Tinglovchilar ma'ruzadan ilhomlanib, ekologik muammolar hamda xavfsizlikka qarshi qaratilgan korrupsiya holatlari bo'yicha erkin tanlov asosida o'z ijodiy rasmlarini chizdilar. So'ngra mavzular asosida chizilgan rasmlar guruhlarda qizg'in muhokama etildi.