Uychi tumanida "Tabiat hodisalari" darsi, 4K usulida interaktiv yondashuv asosida o'tildi.
Uychi tumani 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Oʻgʻiloy Muminova 25-dekabr kuni 1-"B" sinfda Tabiiy fanidan "Tabiat hodisalari" mavzusida innovatsion ochiq dars oʻtkazdi.
Dars "Sehrli salom poyezdi" kabi energayzerlar, "Sakkizoyoq", "STEAM bizga kerak" kabi interaktiv metodlar bilan boyitildi. Mashg'ulot juftlikda olib borilib, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik va kommunikatsiyani rivojlantiruvchi 4K modeliga asoslandi. Fanlararo va hayot bilan bog'liq yondashuv bolalarning tabiat hodisalariga qiziqishini yanada oshirdi.
Dars yakunida esa "Mening yurakcham" kabi usullar orqali o'quvchilarda Vatan va tabiatga muhabbat tuyg'ulari mustahkamlandi.
O'qituvchi O'g'iloy Muminovaning zamonaviy va samarali yondashuvi yosh avlodni bilim olishga yanada rag'batlantirmoqda.