VATANPARVARLIK RUHI BILAN YO`G`RILGAN DARS

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida Fizika fani tinglovchilari uchun Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Mahfuza Alinazarova rahbarligida dars mashg'uloti tashkillandi.

Tinglovchilar O'zbekistonning kelajagi va jahon ilm-fanida tutgan o'rni hamda ilm-fanda erishilayotgan yutuqlar haqida so'z yuritdilar. Tinglovchilar fizika fanini o'rganish jarayonida davlatimiz bayrog'iga bo'lgan hurmatni namoyon etib, o'zlarining vatanparvarlik tuyg'ularini ifoda etdilar.

Bunday mashg'ulotlar tinglovchilarda nafaqat fizika fanini chuqur o'rganishga, balki milliy g'urur va Vatanga muhabbat tuyg'ularini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.