Vazir Eʼzoza Karimova Agentlik qabul shtabi va Murojaatlar markazi faoliyati bilan tanishdi
Vazir Eʼzoza Karimova Agentlik qabul shtabi va Murojaatlar markazi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga tashrif buyurib, yangi o‘quv yili uchun qabul shtabi faoliyati, shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Agentlik direktori Sevara Shakirova vazirga ushbu yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tashrif davomida vazir “Murojaatlar markazi (Call-markaz)” faoliyatini alohida e’tibor bilan o‘rgandi. Unga aholidan tushadigan asosiy murojaatlar, hujjatlar qabuli bo‘yicha kelib tushgan arizalar tahlili taqdim etildi.
Vazir Eʼzoza Karimova tomonidan aholidan kelib tushgan savol va takliflar bo‘yicha joylarda hal qilish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tashrifning asosiy maqsadi – fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, qabul jarayonlarini soddalashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirishdan iborat.