XALQARO TRENING MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI: MAKTABGACHA TA’LIMDA YANGI MARRALAR
Bugun, 2-may kuni Namangan shahrida uch kun davom etgan nufuzli xalqaro seminar-trening o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi, UNICEF hamda Islom taraqqiyot banki (ITB) hamkorligida tashkil etilgan ushbu loyiha viloyatimiz maktabgacha ta’lim tizimi uchun chinakam tajriba maktabi bo‘ldi.
Yakuniy kunda: Uch kun davomida tajribali trenerlar Muhayyo Normirzayeva va Shahnoza Ahmedovalar rahbarligida yangi metodikalarni o‘zlashtirgan metodist hamda mentorlar o‘z bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazdilar.
Asosiy natija: Trening yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro loyiha doirasidagi maxsus sertifikatlar topshirildi. Endi bu mutaxassislar viloyatimizning barcha tumanlarida sifatli maktabgacha ta’lim standartlarini joriy etishda master-trener sifatida faoliyat yuritadilar.