YAKUNIY ATTESTATSIYA JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
Yangiliklar
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazida bir oylik malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetib, tinglovchilarning egallagan bilimlarini sarhisob qilish bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Bugun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami 11 ta guruhda yakuniy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jarayonlar ikki bosqichda tashkil etilgan: Test sinovlari: Tinglovchilarning nazariy bilim darajasi sinovdan o‘tkazilmoqda; Malaka loyiha himoyalari: O‘qituvchilar bir oy davomida tayyorlagan innovatsion ishlanmalari va metodik loyihalarini maxsus komissiya oldida himoya qilmoqdalar.
Ushbu attestatsiya jarayonlari pedagoglarning kasbiy mahoratini yangi pog‘onaga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.