YANGI YONDASHUVLAR, YUKSAK MAQSADLAR: DMTT LARDA "METODIK MAHORAT SOATI" TAHLILI
Yangiliklar
Bugun, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta'limni muvofiqlashtirish bo'limi N.Qambarova va J.Davlatovlar Mingbuloq tumanidagi DMTT larda tashkil etilgan "Metodik mahorat soati" tadbirlarini tahlil qildilar.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 03-33-506-sonli xati 2-ilovasidagi savolnoma asosida DMTT pedagog xodimlariga mazkur tadbirlarni tashkil etish bo'yicha amaliy va metodik yordam ko'rsatildi, zarur tushunchalar berildi. Ushbu sa'y-harakatlar maktabgacha ta'lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish, pedagoglarning malakasini yuksaltirishga qaratilgan.