“YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” SOVRINDORLARI BILAN UCHRASHUV

Yangiliklar

Bugun markazda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovining respublika bosqichida ajoyib natijalarga erishgan namanganlik ustozlar bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi!

Uychi tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabining ona tili fani o‘qituvchisi Abdulazizova Adiba Akram qizi hamda Uchqo`rg`on tumani, 37-sonli umumta`lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi O‘ktamov Nuriddin Erkinboy o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni o'lib, yuqori natijalar bilan tanlov sovrindori bo'lishgandi.

Ushbu ajoyib uchrashuvda markaz tinglovchilari ishtirok etib, ustozlarning muvaffaqiyat sirlari, zamonaviy o'qitish metodikasi va o'zbek tili hamda adabiyotini yanada samarali o'qitish bo'yicha qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlar yosh pedagoglarga ilhom berib, o'z kasbiy mahoratlarini oshirishga undaydi.